dieta

Oson ozish uchun nima qilish kerak? Vazn tashlashga yordam beradigan 20 tavsiya

Oson ozish uchun nima qilish kerak? Vazn tashlashga yordam beradigan 20 tavsiya

Ortiqcha vazndan xalos bo’lish bugungi kunning eng dolzarb mavzularidan biriga aylandi. Shu vaqtgacha, siz bilib- bilmay parhez bilan shug’ullangan bo’lishingiz mumkin. Barqaror vazn yo‘qotish aslida hech qanday parhez turi yoki yangicha turmush tarzi asosida olib borilmaydi. Quyida berilgan 20 ta isbotlangan maslahatlar asosida yashasangiz siz 3 haftada 10 kg ozishingiz mumkin.

1. Oltin qoida: Kaloriyasi mavjud hamda kaloriyasiz mahsulotlar o‘rtasidagi farqni biling!

Oddiy fakt: vazn yo‘qotishda organizmingizdan kaloriyalarni yo‘q qilishingiz kerak. Kaloriyasiz mahsulotlarni isteʼmol qilishni boshlaganingizdan so‘ng, kun ora vazningizni o‘lchab boring. Boshlanishida, haftasiga vazn yo‘qotish sezmaguningizcha, 500 kkal lik qadamdan boshlang. Eslatib o‘tamiz: 1200-1600 kkallik mahsulotlar sog‘lig‘ingizga zarar yetkazishi mumkin.

2. O‘z oldingizga oliy maqsad qo‘ying hamda shaxsiy rivojlanib boring

Maqsadga erishdingiz degani chinakam sog‘lom qomatga ega bo‘lganingiz hisoblanadi. Quyida maqsadga erishishda oson usullardan biri misol qilib ko‘rsatilgan:

✓ Har hafta ortiqcha vazndan xalos bo‘lishga xohish

✓ Haftasiga 1-3 kilogrammgacha vazn yo‘qotish

✓ 3 haftada 10 kg ozish

✓ sizning 30 -razmerli shimga mos kelishingiz

3. Nonushta qilishni biroz muddat to‘xtatishingizga to‘g‘ri keladi

Nonushta odatda kunning eng muhim taomlanish vaqti hisoblanadi. Ammo siz haqiqatdan ham ortiqcha vazndan xalos bo’lish maqsadini ilgari surgan bo‘lsangiz, nonushtani chetga surib qo‘ying.

Vaqti – vaqti bilan ovqatlanib turish vazn yo‘qotishdagi eng yaxshi usul. Kichik yengil tamaddilardan o‘zingizni qaytaring. Faqatgina 12 dan kechki 8 gacha vaqt oralig‘ida ovqatlanishingiz mumkin.

4. Ovqatlanishdan oldin ko‘p suv ichishga odatlaning

Ovqatlanishdan bir soat oldin suv ichish vazn yo‘qotish uchun isbotlangan hamda albatta  foyda keltiradi:

✓ Ovqatlanishdan keyin 1-1.5 soat davomida metobolizmning 25-30% oshib borishi mumkin

✓ Kaloriyasi kam mahsulotlarni isteʼmol qilish sizga yana bir imkoniyatdir

5. Qahvani yangi do‘stingiz sifatida qabul qiling!

Tarixdan maʼlumki, avvalari, qahvani zararli deb hisoblashgan. Lekin, bilib qo‘ysa ziyon qilmaydi, qahvaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biri antioksidantlar boyligi hamda ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda muhim ahamiyatga egaligidir.

Kafein tanangizning metobolizmini 10% gacha oshiradi hamda 10-20%gacha yog‘larni parchalaydi. Shakarsiz qora qahva ichishga odatlaning.

6. Tanishing: ko‘k choy sizning eng yaxshi ikkinchi do‘stingiz!

Ko‘k choy tarkibida yetarli miqdorda Kafein saqlaydi. Shu kabi antioksidantlar tanangizdagi ortiqcha yog‘larning yo‘qolishi uchun kurashadi.

7. Tanovul qilayotgan mahsulotlaringiz tarkibida shakar mavjud emasligiga ishonch hosil qiling

Shakar ortiqcha vazn, qandli diabet, yurak kasalliklari bilan hamkorligi borligini bilarmidingiz?

Agar tayyorlayotgan yeguligizga o‘zingiz shakar qo‘shmayotgan bo‘lsangiz, sotib olayotgan qadoqdagi mahsulotlaringiz yo‘riqnomalari bilan tanishib chiqishni unutmang.

8. Yeguliklaringiz  orasidan tarkibida karbogidrat moddasi  borlarini chiqarib tashlang

Oddiy karbogidrat organizmda tez so‘rilib ketuvchi, qoningiz tarkibida qand miqdorini oshiruvchi, insulin gormonining ishlashiga zamin yaratadi. Natijada, siz tez orada yana ochlik his qilasiz.

Quyida tarkibida shakar miqdori ko‘p bo‘lgan yeguliklar tanovulni kamaytiring:

✓ Pechenye, konfet va shirinliklar

✓ qadoqlangan makkajo‘xori mahsulotlari

✓ Oq non va guruch

✓ Tort

9. Vazningizni tarozida o‘lchab boring

Bu sizga qancha miqdorda qanday tarzda ovqatlanganingizni ko‘rsatadi.

10-20% vazn yo‘qotish ham balansni saqlashingiz va vazn yo‘qotishda yana bir turtki bo’la oladi.

10. Sog‘lom taomlarni tanovul qilishda davom eting

Maqsadga erishmaguncha, faqatgina foydali hamda sog‘lom taomlarni isteʼmol qiling. Shundagina turli xil tez tayyor bo‘luvchi ko‘cha taomlariga o‘rganib qolmaysiz. Shaxsiy ovqatlanish daftarchangizga qo‘shimcha kiritamiz:

✓ Hech qanday kimyoviy moddalarsiz tabiiy yeguliklar

✓ Bir hovuch yong‘oq

✓ Suvda ko‘p qaynatilgan tuxum

✓ sabzavotlar

11. Hayotingizga o‘zgarishlar olib kiring!

Yangicha turmush tarzida to‘yib nafas oling, vazn yo‘qotishdagi saʼy-harakatlaringizni kuchaytiring.

12. Tarkibida protein oqsili mavjud bo‘lgan taomlarni ko’proq tanovul qiling

Proteinga boy mahsulotlar nafaqat sizni kun davomida to‘q saqlaydi, balki ovqat hazm qilish mobaynida sizga energiya bag‘ishlaydi. Ilmiy izlanish tadqiqotlari shuni ko‘rsatadiki,  mushaklarga yaxshi taʼsir ko‘rsatishi barobarida proteinli yeguliklar ortiqcha vazndan xalos bo‘lishingizda asqotadi.

Quyida biz siz uchun proteinga boy mahsulotlar ro‘yxatini taqdim etamiz:

✓ yog‘siz buzoq go‘shti

✓ terisidan ajratilgan tovuq oyoqchalari

✓ tuxum

✓ Solomon balig‘i

✓ tarkibida yog‘ kam bo‘lgan oddiy yogurt

13. Qo‘shimcha uglevodlar bilan parhezingizni muvozanatlashtiring

Qo‘shimcha uglevodlar isteʼmoli mustahkam energiya ishlab chiqishda hamda qon tarkibidagi qand miqdorini meʼyorlashtirishda faoldir. Quyida berilgan mahsulotlar bilan kun davomida to‘q bo‘lib yurishingiz  mumkin:

✓ sabzavotlar

✓ Mevalar

✓ Guruch

✓ tabiiy makkajo‘xori mahsulotlari

✓ loviya hamda boshqa dukkakli mahsulotlar

14. Fast Foodni unuting!

Tarkibida foydali mahsulotlar mavjudligiga qanchalik ishontirilsada, uning tarkibi bilan tanishsak, yog‘lar, haddan ziyod qand hamda tuz miqdori ko‘pligiga amin bo‘lamiz.

Bu kabi mahsulotlar kaloriyaga juda boy ekanligi sababli ulardan oson voz kechamiz!

15. “Yashiringan” kaloriyalardan ehtiyot bo‘ling!

Sevimli taomlaringizdan voz kechishingizga hojat yo‘q, ammo ularning Kaloriyasi mavjudmi yo‘qmi xabardor bo’lishingiz lozim.

Quyida tarkibida ko‘plab Kaloriyasi mavjud mahsulotlar bilan tanishing va o‘z ovqat ratsioningiz bilan solishtiring:

✓ Mayonezli salatlar

✓ tort kremlari

✓ Pishloq

✓ Sariyog‘

✓ Yog‘lar

16. O‘rtacha kaloriyali GI fast  Food lari isteʼmolini kamaytiring

Yuqori glisemik indeksli oziq-ovqat manbalari shakar darajasini ko’tarishga olib keladi, natijada insulinning keskin ko’tarilishi yog’larni ko’p saqlanishiga sabab bo’ladi!

17. Ortiqcha vazndan xalos bo’lish uchun mashg‘ulotlarni kanda qilmang!

Jismoniy mashg’ulot bilan shug‘ullanish tanangizdagi juda katta miqdordagi kaloriyalarni parchalaydi, sizni jismonan sog‘lom hamda kuchli qiladi. Shuningdek, muntazam mashq qilish ortiqcha vazndan xalos bo‘lishdan tashqari mushaklaringizga ham sezilarli taʼsir ko‘rsatadi.

Tadqiqotlar shuni isbotladiki, mashq qilish davomida yoki undan keyin organizmingizda metobolizmning darajasi yuqori darajada oshib boradi.

18. Toza havoda sayr qiling yoki velosipedda uchishga odatlaning

Kichik harakatlar ham hayotingizga katta o‘zgarishlar olib kira oladi. Xo‘sh, nega unda, sog‘lig‘ingiz uchun toza havoda sayr qilishni yoki velosipedda uchishni sinab ko‘rmadingiz? Bu orqali xuddi parhez tutganchalik siz  katta miqdorda kaloriyalardan xalos bo‘lasiz. Agar jismonan sog‘lom hamda bu ishga layoqatli bo‘lsangiz, hoziroq boshlashni tavsiya qilamiz.

19. Yetarli darajada uxlang

Ko‘plab insonlar ko‘p uxlash vazn ortishiga olib keladi deb hisoblaydi. Aslini olganda, 6 soatlik uyqu yetarli bo‘ladi deb o‘zingizni chalg‘itmang. Ko‘pchiligimiz ishimizda samaradorlik ko‘rish uchun kamida 8-9 soat davomida uxlab kuch yig‘ishimiz kerak.

Uyqunining davomiyligi hamda sifati  butun tanamiz faoliyatidagi gormonlarga juda katta taʼsir ko‘rsatadi. Faktlarga yuzlansak, kam uyqu 55%gacha  yoshi kattalarda vazn ortish xavfiga olib keladi

20. Ichimliklar tarkibida uchrashi mumkin bo‘lgan kaloriyalardan ehtiyot bo‘ling!

Biz hammamiz juda yaxshi xabardormizki, alkogol mahsulotlari buyrak va jigar organlarimizga jiddiy zarar yetkazadi.

Siz pivoning 150kkal yoxud bir stakan qizil vino o‘zida 125 kkal saqlashini  eshitib   hayratlanishingiz mumkin. Bundan tashqari, shirin Pina solada nomli vino turi ham o‘zida 400 gacha kkal mujassam etadi. Uning o‘rniga oddiy limon suv iching, ishonavering,  tanangiz sizdan minnatdor bo‘ladi!

Hozirgina oddiy hayotimizda uchraydigan 20 ta qoidachalar bilan tanishib chiqdik. Umid qilamizki, bular sizga ortiqcha vazndan xalos bo‘lishda qo’l keladi. Qanchalik ko‘p qoidalarga amal qila olishingizga  ishonchingiz komil bo‘lsa, shunchalik ko‘p muvaffaqiyat qozonasiz! Taningizni 3 hafta ichida keraksiz yog‘lardan xalos qiling.

Manba: lifehack.org

Читать далее

Оставить комментарий

Этот веб-сайт защищается reCAPTCHA. Применяются Политика конфиденциальности и Условия использования Google.